21:24 / 10.03.2017
7 341

Ravon Rossiya avtomobil bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlashga qiynalmoqda

Ravon Rossiya avtomobil bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlashga qiynalmoqda

Rossiya avtomobil bozoridagi savdolar bo‘yicha fevral oyidagi doir hisobot e’lon qilindi. Unda O‘zbekistonning Ravon brendi bir oyda sotilgan eng ko‘p avtomobillar top-25 taligiga kirdi, deb yozadi Kun.uz. Kompaniya 2017 yil fevral oyida jami 506 mashinasini rossiyalik mijozlarga etkazib bergan. Yanvar oyida bu raqam 445 tani tashkil etgan edi.

Umuman olganda, «Evropa biznesi assosiasiyasi» hisobotiga ko‘ra, 2017 yil fevral oyida yangi yengil va yengil tijorat avtomobillar savdosi hajmi pasayishda davom etgan. Bu boradagi ko‘rsatkich 2016 yilning shu davriga nisbatan 4,1 foizlik pasayishni qayd etgan. Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi Solaris modeli ham birinchi bor eng ommabop yengil mashinalar «Top-5»ligini tark etgan.

Rossiyada yilning ikkinchi oyida jami 106 658 dona avtomobil sotilgan bo‘lsa, ikki oydagi jami savdo 184 574 donani tashkil etgan. Fevral oyida ham eng ommabop brend sifatida Lada o‘z o‘rnini saqlab qolgan. Undan 20 mingdan ortiq mashina sotilgan. Etakchi beshlikka, shuningdek, Kia, Renault, Hyundai va Volkswagen.

Quyidagi jadvalda 2017 yil fevral oyida Rossiyada eng ko‘p sotilgan avtomobillarning Top-25ligi bilan tanishish mumkin:

Bunda fevral oyi yakuni bo‘yicha (yanvarda ham) eng ko‘p sotilgan model sifatida Kia Rio qayd etilgan. Bu modeldan 7 033 dona sotilgan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Lada Granta va Lada Vesta bormoqda. Eng ko‘p sotilgan beshlikka Hyundai Creta va Volkswagen Polo kirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ravon Rossiya avtomobil bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlashga qiynalmoqda