Facebook asoschisi Mark Sukerberg kompaniyaning Kaliforniya shtatidagi Menlo-Park shahrida joylashgan shtab-kvartirasida o‘tkazgan savol−javoblar sessiyasida o‘zining kompyuter o‘yinlariga munosabati haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda «TJournal.ru»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Sukerbergning so‘zlariga ko‘ra, kompyuter uning hayotiga 10 yoki 11 yoshida kirib kelgan va u doimo o‘zi o‘ynagan o‘yinlarni yaxshilashni istagan. Shu xohish tufayli u video o‘yinlarni yarata boshlagan, ular «dahshatli» bo‘lsa−da, o‘zi yaratgan narsasidan foydalana olish unga zavq bergan.
«Ota−onalar bolalari o‘yin o‘ynashidan xavotirlanishi haqida ko‘p eshitaman. Albatta, bunga asos bor va ushbu masala yuzasidan muhim bahslar shakllangan. Agar siz bolalaringiz dasturlash bilan shug‘ullanishini istasangiz − ularga o‘ynash imkoniyatini berishingiz eng yaxshi ishlardan biri deb o‘ylayman. Agar men bolaligimda video o‘yinlarini o‘ynamaganimda, dasturchi bo‘la olmas edim», − dedi Sukerberg. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi