Yaponiyalik olimlar gulni mitti dron yordamida changlata olishdi

  • 12 mart 2017, 12:35
  • 3 797
  • Texnologiya
  • Yaponiyalik olimlar gulni mitti dron yordamida changlata olishdi

    Yaponiyalik olimlar birinchi marta gulni mexanik qurilma yordamida changlata oldilar. Ari o‘rniga bu ishni ion gel bilan qoplangan mitti dron bajardi, deb yozmoqda Kun nashri.

    Tadqiqot muallifi, Yaponiyadagi ilg‘or sanoat fan va texnologiyasi milliy instituti xodimi Ijiro Miyakoning Chem jurnaliga so‘zlab berishicha, bunday tajriba dunyoda birinchi marta o‘tkazildi.

    Changlashda bosh rolni dron emas, balki u qoplangan ion gel bajaradi. Miyako bu modda bilan 10 yil avvaloq tajribalar o‘tkazgan, biroq uning amaliy tatbig‘ini topa olmay, chetga surib qo‘ygandi.

    Ushbu gelning o‘ziga xosligi shundaki, u atrof-muhit bilan ta’sirlashganda va hattoki ekstremal sharoitlarda, misol uchun duxovkada qizdirilganda ham o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydi.

    Dronga mahkamlangan yung tasmasiga shu geldan surtib, gulchangni tashib yuruvchi hasharotlar panjasi imitasiya qilindi. Olimlar tajribaviy yo‘l bilan gulga mini-dronni o‘tkazib, undagi gulchangni ushlab, boshqa o‘simlikka tashishga muvaffaq bo‘lishdi.

    Mualliflarning aytishicha, bunday robotlar hozirda butun sayyoramiz arilar kamayib ketgani sababli duch kelingan changlash inqirozi deb ataluvchi holat bilan kurashda yordam berishi mumkin.

    Olimning ta’kidlashicha, u o‘z ishida qolgan olimlar yaratmoqchi bo‘layotgan mexanik arini yaratishga emas, aynan changlash jarayoniga e’tiborini qaratgan.

    Miyakoning aytishicha, ayni vaqtda dronlar yordamida amalda changlashni amalga oshirib bo‘lmaydi, chunki dronlar o‘lchamlari sababli faqatgina katta gullarga qo‘na oladi va odamlar tomondan boshqariladi. Biroq olim kelajakda "sun’iy ongning ba’zi shakllari va GPS tizimi o‘zi mustaqil ishlovchi shunday dronlarni yaratishda yordam berishiga" ishonch bildirdi.
    [media=https://youtu.be/lnZnA7FSbIU]

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Yaponiyalik olimlar gulni mitti dron yordamida changlata olishdi