17:07 / 12.03.2017
5 545

AQShda iPhone’dan keyingi ommabop smartfon brendlari aniqlandi

AQShda iPhone’dan keyingi ommabop smartfon brendlari aniqlandi

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi smartfon bozori jahon smartfon ishlab chiqaruvchilari uchun muhim savdo nuqtalaridan biri. Amerikaning comScore xalqaro tahliliy kompaniyasi AQSh smartfon bozoriga oid ma’lumotlarni ma’lum qildi. Bu statistik ma’lumotlar 2016 yilning noyabr oyidan boshlab o‘tkazilgan tadqiqotlarga asoslangan, deb yozadi "Terabayt" sayti.

Unga ko‘ra, foydalanilayotgan smartfon brendlari orasida Apple ayfonlari yaqqol peshqadamlik qilgan. Mamlakatning 200 million fuqarosi yoki 44,6 foiz aholi vakillari «olma» smartfonidan foydalanar ekan. Mashhurlik bo‘yicha keyingi o‘rin Janubiy Koreya ishlab chiqaruvchisi Samsung kompaniyasiga nasib qilgan. Foydalanilayotgan smartfonlar orasida uning ulushi 28 foizni tashkil qiladi.

Tahlilchilarning tasdiqlashlaricha, amerikaliklarning yangi yil va rojdestvo bayramlari arafasida bir-birlariga iPhone sovg‘a qilishlari milliy an’anaga aylangan. Natijada, har yyili ayni shu mavsumda ayfon foydalanuvchilari soni 2-3 foizga oshadi.

AQSh fuqarolari o‘rtasida eng ommalashgan navbatdagi brend LG smartfonlariga tegishli va uning ulushi 10,3 foiz. Keyingi o‘rinlar 4,3 hamda 2,3 foiz bilan Motorola va HTC brendlariga nasib qilgan. Foydalanilayotgan mobil operasion tizimlar bo‘yicha AQShda Android tizimi peshqadamlik qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQShda iPhone’dan keyingi ommabop smartfon brendlari aniqlandi