23:17 / 12.03.2017
5 634

Telegram messenjeri qo‘ng‘iroqlarni sinovdan o‘tkazishni boshladi

Telegram messenjeri qo‘ng‘iroqlarni sinovdan o‘tkazishni boshladi

Telegram messenjerining Beta-versiyasi mavjud bo‘lgan istagan kishi unda qo‘ng‘iroqlarni sinovdan o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Manbaga ko‘ra, qo‘ng‘iroqlar end-to-end shifrlovi bilan himoyalangan. Sizga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin bo‘lgan kishilar ro‘yxatini cheklashingiz yoki kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni butkul taqiqlashingiz mumkin. Qo‘ng‘iroqlar hozircha faqat test rejimida ishlamoqda.

Shuningdek kanalda qo‘ng‘iroqni qanday amalga oshirish mumkinligiga izoh berilgan.

Foydalanuvchilar @news_telegram guruhida test serverida bir-birlariga qo‘ng‘iroq qilishga urinib ko‘rishmoqda. Ba’zilar haqiqatda buning uddasidan chiqishganini ta’kidlashmoqda, ilovada ham telefon go‘shagining piktogrammasi paydo bo‘ldi. Chat qatnashchilari ham Telegram ishlab chiqaruvchilari yangi funksiyani sinovdan o‘tkazish uchun bu xabarni o‘zlari tarqatishgani taxmin qilinmoqda.

Hamjamiyat muharrirlari bu yakuniy funksiyalar emasligini ta’kidlashmoqda.

2017 yilning 17-yanvarida messenjer asoschisi Pavel Durov kompaniya Telegram'ga audioqo‘ng‘iroqlar funksiyasini qo‘shishni rejalashtirayotganini tasdiqlagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram messenjeri qo‘ng‘iroqlarni sinovdan o‘tkazishni boshladi