Nima uchun mobil telefon orqali suhbat chog‘ida ba’zan o‘z ovozingiz aks-sado beradi?

  • 13 mart 2017, 09:26
  • 4 936
  • Texnologiya
  • Nima uchun mobil telefon orqali suhbat chog‘ida ba’zan o‘z ovozingiz aks-sado beradi?

    «Mobil telefon orqali muloqot qilish chog‘ida o‘z ovozingiz aks-sado berishi sababi nimada?» — degan savolga javob topamiz.

    Telefon orqali aytilgan so‘zlar hamsuhbatingiz telefonidagi dinamiklar orqali eshitiladi, u erdan chiqib, ovoz o‘sha telefondagi mikrofonga o‘tadi va sizga qaytib boradi. Simli telefonlarda aks-sado, odatda, bir necha millisoniya ichida qaytib ketadi va muloqotga xalal bermaydi. Uyali va internet telefoniyada esa signallar qayta ishlanishi uchun uzoqroq vaqt talab etiladi va aks-sado o‘z ovozingizdan ancha orqada qolib, suhbatga xalaqit qiladi.

    Bunga qarshi aks-sadoni o‘chiruvchi algoritmlar orqali kurashishadi: ular aytilgan tovushlarni eslab qoladi, ularni javob signalidan qidiradi va, agar topishsa, undan sizning ovozingizni olib tashlaydi. Biroq bunday algoritmlar barcha telefonlarda ham mavjud emas va doim ham yaxshi ishlamaydi. Shu tufayli, ba’zan telefon suhbati chog‘ida o‘z so‘zlaringiz aks-sadosini eshitasiz.

    Manba: Sof.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Nima uchun mobil telefon orqali suhbat chog‘ida ba’zan o‘z ovozingiz aks-sado beradi?