10:23 / 14.03.2017
5 137

Apple yangi planshetlarini keyingi haftadayoq namoyish etishi mumkin

Apple yangi planshetlarini keyingi haftadayoq namoyish etishi mumkin

Apple yangi qurilmalarni ushbu oy oxiriga qadar taqdim etadi, deb yozadi “Kun.uz” nashri.

O‘z nomini oshkor etmagan manba so‘zlariga ko‘ra, anons 20 va 24 mart kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Biroq keyingi haftada aynan qanday qurilmalar taqdim etilishi noma’lum.

MacRumors’ning taxmin qilishicha, kompaniya jurnalistlarga hech qanday taklifnomani jo‘natmagani tufayli, Apple xuddi 2014 yilning martidagi kabi taqdimot marosimini o‘tkazmasligi ham mumkin. O‘shanda korporasiya tadbirni o‘tkazishdan bosh tortgan va maxsus nashrlarga shunchaki matbuot relizini yuborgandi.

Kutilishicha, Apple bu safar yangilangan iPad’larni taqdim etadi – ular orasida diagonali 12,9, 10,5 va 9,7 dyuym bo‘lgan planshetlar bo‘ladi. Mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, yangi qurilmaga 10,5 dyuymlik model aylanadi, unda 12-megapikselli kamera va o‘ta yuqori kenglikka ega ekran bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple yangi planshetlarini keyingi haftadayoq namoyish etishi mumkin