12:02 / 14.03.2017
3 556

Ekspert iPhone 8 va Galaxy S8 «jangi»da kim g‘olib chiqishini aytdi

Ekspert iPhone 8 va Galaxy S8 «jangi»da kim g‘olib chiqishini aytdi

Samsung’ning Galaxy S8 smartfoni taqdimotga qadar jahondagi millionlab xaridorlarning diqqatini tortayotgan bo‘lsa ham, iPhone 8 smartfoni sotuvga chiqishi bilan janubiy koreyalik «aqlli telefon» savdosi keskin kamayib ketadi. Bu to‘g‘rida taniqli «bashoratchi» ma’lum qildi, deb yozmoqda «Terabayt.uz» nashri.

Apple va boshqa axborot texnologiyalari mahsulotlari bo‘yicha jahondagi etakchi tahlilchi Min Chi Kuo avvalgi hafta yakunida Samsung hamda uning Galaxy S8 smartfoni bilan bog‘liq savdoning qanday kechishi yuzasidan analitik qarashlarini bayon qildi. Ekspertning fikricha, bu yilgi raqobatda «sakkizinchi galaktika» oldingi yillardan farqli ravishda, raqobatda Apple’ning sakkizinchi ayfoniga imkoniyatni boy beradi. Umuman olganda, yangi ayfon tufayli smartfon bozorida Galaxy S8’ga ehtiyoj kamayib ketadi.

Kuoning so‘zlariga ko‘ra, Galaxy S8 aynan dizayn masalasida tamoman yangicha ko‘rinishdagi iPhone 8’ga yutqazadi. Qolaversa, ularning yupqa ramkali old panellarining bir-biriga o‘xshab ketishi, har ikkalasida simsiz quvvatlash tizimining joriy qilinishi, foydalanuvchi qiyofasini tanib olish texnologiyasidan foydalanilishi ham ko‘pchilik xaridorlarni ikkilantirib qo‘yadi va bu tanlov oxir-oqibat ayfonning foydasiga hal bo‘ladi.

Yana bir jihatni unutmaslik kerakki, Samsung Galaxy S8 apreldan sotuvga chiqariladi. Hozircha qachon namoyish etilishi noma’lum iPhone 8 bozorga chiqqunicha vaqt janubiy koreyalik kompaniya foydasiga ishlashi tayin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ekspert iPhone 8 va Galaxy S8 «jangi»da kim g‘olib chiqishini aytdi