13:06 / 14.03.2017
6 543

WWW asoschisi internetning eng katta uchta zararidan insoniyatni ogohlantirdi

WWW asoschisi internetning eng katta uchta zararidan insoniyatni ogohlantirdi

11 mart kuni «Jahon o‘rgimchak to‘ri» (WWW – World Wide Web) kashf etilganiga 28 yil to‘ldi. WWW asoschisi, britaniyalik Tim Berners-Li o‘z ixtirosining 28 yilligi munosabati bilan dunyo internet foydalanuvchilariga murojaat qildi. U o‘z murojaatida internet tufayli paydo bo‘lgan va ixtirochini tashvishga solayotgan xatarlardan ogoh etdi:

Bugun «butunjahon o‘rgimchak to‘ri»ni rasman e’lon qilganimga 28 yil to‘ldi. Men bu tarmoqni har kimga va har erda, geografik va madaniy chegaralardan qat’i nazar, axborot almashish, foydalana olish va hamkorlik qilish imkonini beradigan ochiq platforma sifatida tasavvur qilgan edim. Umuman olganda, tarmoq kutilgan vazifani o‘tadi, shunga qaramay, uning ochiqligini saqlash uchun muntazam kurash kechdi. Ammo oxirgi 12 oy davomida tarmoq o‘zining insoniyatga xizmat qilish vositasi sifatidagi asl vazifasini amalga oshira olishi uchun to‘g‘irlanishi lozim bo‘lgan 3 ta yo‘nalish meni tashvishga solib qo‘ydi.

1. Biz shaxsiy ma’lumotlarimizning nazoratini boy berib qo‘ydik.

Ko‘plab veb-saytlarning hozirgi namunasi bepul xizmatlar uchun almashishni taklif qilmoqda. Uzundan-uzoq va murakkab talablardan iborat foydalanish shartlari orqali qabul qilishlariga qaramay, tan olaylik, o‘zimiz haqimizdagi ma’lumotlarni tekin xizmatlar evaziga yig‘ib olishlariga qarshilik qilmaymiz. Ammo bitta nayrangni e’tiborga olmayapmiz. Shaxsiy ma’lumotlarimiz bizga ko‘rinmaydigan xususiy bunkerlarda saqlanar ekan, biz ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat qilish va ularni qachon va kimlarga oshkor qilishni tanlash imkoniyatidan mahrum bo‘lamiz. Shu bilan birga, bizda odatda qaysi ma’lumotlarni uchinchi tomonga oshkor etmaslik haqida kompaniyalarga fikr bildirish imkoni bo‘lmaydi.

Bu kabi keng qamrovli axborot yig‘ishning boshqa ta’sirlari ham bor. Kompaniyalar bilan hamkorlik qilish (yoxud majburlash) orqali hukumatlar bizning har bir qadamimizni jonli tarzda kuzatishmoqda va keskin choralar qo‘llash bilan daxlsizlik huquqimizni poymol qilishmoqda. Repressiv mamlakatlarda buning zararini yaqol ko‘rish mumkin: blogerlar hibs qilinishi yoki o‘ldirilishi, siyosiy raqiblar kuzatuvga olinishi va hokazo. Hatto, fuqarolarning manfaatlari birlamchi deb hisoblanadigan davlatlarda ham odamlarni muntazam kuzatuv ostiga olish chuqurlashib bormoqda. Bu esa so‘z erkinligiga qo‘rqinchli ta’sir ko‘rsatib, internetdan muhim mavzular, jumladan sog‘liqni saqlash muammolari, jinsiy buzuqlik va din kabi nozik masalalarni tadqiq qilish imkoniyati sifatida foydalanishdan to‘smoqda.

2. Internet tarmog‘ida dezinformasiya tarqatish juda oson.

Bugun ko‘p insonlar yangilik va axborotlarni bir hovuch ijtimoiy tarmoq saytlari orqali internetdan oladi. Bu saytlar har safar ularda ko‘rsatilgan havolalarga kiraganimizda ko‘proq pul ishlashadi. Ular bizga nimani namoyish etishni biz haqimizdagi o‘zlari yig‘ib olgan ma’lumotlardan bilib olingan algoritmga asoslangan holda tanlashadi. Ular bizga kirib ko‘rishimizni taxmin qilgan – shov-shuvli, ayni paytda, hayratomuz va diqqatimizni jalb qilish uchun yaratilgan hamda ko‘z ochib yumguncha hammaga tarqab ulguradigan yolg‘on xabarlarni reklama qilishadi. Shu bilan birga, ma’lumotlarni saralash va botlar armiyasi yordamida yomon niyatli kimsalar moliyaviy va siyosiy maqsadlar uchun dezinformasiya tarqatishdan tizimni o‘yinchoq qilishadi.

3. Onlayn siyosiy reklamalarga shaffoflik kerak.

Onlayn siyosiy reklamalar qisqa fursatda mukammal industriyaga aylandi. Haqiqatda ko‘p odamlar axborotni bir necha sanoqli manbalardan olishadi va shaxsiy ma’lumotlarning boy ummoniga qurilgan algoritmlarning yanada takomillashuvi siyosiy harakatlar foydalanuvchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri nishonga olgan individual reklamalarni ishlashayotganini anglatmoqda. Bir manbaga ko‘ra, 2016 yilgi AQSh prezidenti saylovi davrida Feysbuk tarmog‘ida kuniga 50 mingdan ortiq reklama namunalari e’lon qilingan bo‘lib, ularni nazorat qilish deyarli imkonsiz. AQSh va dunyoning boshqa burchaklaridagi ayrim siyosiy reklamalar yuzsizlarcha saylovchilarning e’tiborini so‘rovnomalardan chalg‘itish uchun yolg‘on xabar tarqatuvchi saytlarga yo‘naltirish uchun xizmat qilgan. Ana shunday maqsadli reklamalar siyosatchilarga butunlay boshqa gaplarni aytib, turli guruhlar o‘rtasida kelishmovchiliklar keltirib chiqarishga imkon berdi. Bu demokratiyadanmi?

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » WWW asoschisi internetning eng katta uchta zararidan insoniyatni ogohlantirdi