14:52 / 14.03.2017
6 248

ESET: Instagram’dagi 1,5 mln.gacha akkaunt buzilish xavfi ostida!

ESET: Instagram’dagi 1,5 mln.gacha akkaunt buzilish xavfi ostida!

Google Play do‘konida 13 ta ziyon etkazuvchi ilova mavjudligi aniqlandi, ular aldov yo‘li bilan Instagram foydalanuvchilarining login va parollarini qo‘lga kiritib olgan. Bu haqda Gazeta.Ru'ga tayanib Terabayt.uz xabar bermoqda.

Mazkur dasturlar foydalanuvchiga obunachilar va izohlar sonini oshirish evaziga Instagram akkauntini mashhur qilib berishni va’da qilishgan. Buning uchun login va parol talab etilishi ma’lum, albatta. Foydalanuvchilardan olingan mazkur shaxsiy ma’lumotlar esa jinoyatchilarga yuborilgan.

Ayni damda ushbu ilovalar Google Play marketidan o‘chirilgan, biroq bungacha ularni o‘rnatishlar soni bir yarim milliondan oshib ulgurgan. Shu tariqa, mazkur dasturlarni o‘rnatib olganlarning akkauntlari, agarda tez orada parollarini o‘zgartirishmasa, jinoyatchilar tomonidan buzilishi xavfi mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » ESET: Instagram’dagi 1,5 mln.gacha akkaunt buzilish xavfi ostida!