12:17 / 15.03.2017
6 263

AQSh Yahoo akkauntlariga hujum uyushtirishda Rossiyadagi uch xakerni gumon qildi

AQSh Yahoo akkauntlariga hujum uyushtirishda Rossiyadagi uch xakerni gumon qildi

AQSh adliya vazirligi yaqin orada Amerikaning Yahoo kompaniyasi akkauntlariga buzib kirilishi haqidagi ish bo‘yicha ayblovlarni e’lon qiladi, deb yozadi Daryo. Gumonlanuvchilar qatorida Rossiyada bo‘lgan uch kishi kirdi, ularning ismlari oshkor etilmayapti.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, adliya vazirligi servis xavfsizligini ommaviy tarzda buzib, yuzlab million akkauntlarni o‘g‘irlaganlikda gumonlanayotgan to‘rt kishiga nisbatan ayblov e’lon qiladi.

Gumonlanuvchilarning uch nafari ayni paytda Rossiyada, yana bittasi esa Kanadada. Kanadagi gumonlanuvchini 16 mart kuni hibsga olishmoqchi. Rossiyadagi xakerlarni qo‘lga olish bo‘yicha rejalar haqida xabar berilmadi.

Yahoo va AQSh adliya vazirligi ushbu axborotga rasman izoh bermadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSh Yahoo akkauntlariga hujum uyushtirishda Rossiyadagi uch xakerni gumon qildi