HP yangi, o‘ta kuchli kompyuterni taqdim etdi

  • 15 mart 2017, 14:54
  • 3 319
  • Texnologiya
  • HP yangi, o‘ta kuchli kompyuterni taqdim etdi

    Zamonaviy monobloklarning aksariyati prosessor kuchliligi va jiddiy hajmdagi xotira bilan maqtana olmaydi. Biroq endi hammasi o‘zgardi – HP kompaniyasi muhandislari o‘zlarining yangi EliteOne 800 G3 dekstopini taqdim etishdi, deb yozmoqda Kun nashri.

    Yangi monoblok biznes-sinfdagi qurilma bo‘lib, “hammasi bir joyda” yig‘ilgan ajoyib kompyuterni qidirayotganlar uchun mos tushadi. EliteOne 800 G3’ning chetidagi ramkalar unga yanada yorqinlik bag‘ishlaydi hamda ular yirik displey hajmini vizual ravishda oshira oladi.

    IPS shaklidagi 23,8 dyuym diagonalga ega monitor FullHD kenglikka ega. Foydalanuvchilarga klassik sensorli displey bilan bir qatorda, taktil panel bilan jihozlangan nusxa ham taqdim etiladi. Tanlov xaridorning o‘ziga bog‘liq. Shuningdek monoblok har biri 2 Mp bo‘lgan ikkita Web-kamera, mikrofonlar va infraqizil datchiklarga ega. Qo‘shimcha kamera chiquvchan bo‘lib, u desktopning korpusi ichida yashirilgan. Windows Hello texnologiyasi esa yuzlarni farqlashi mumkin. Uning yordamida foydalanuvchi o‘z kompyuterini “qulflab qo‘yishi” mumkin, bu shaxsiy ma’lumotlarni asrashda qo‘l keladi.

    Foydalanuvchilarga ettinchi avloddagi Intel Kaby Lake prosessorlarining to‘rtta varianti taqdim etiladi. Eng yaxshi nusxada bu Core i7-7700 o‘ta kuchli chipidir. Monobloklar shuningdek 128 GBdan terabaytga qadar bo‘lgan turli to‘plagichlarga ham ega. Operativ xotira hajmi 32 GB DDR4-2400’ga teng. Boshlang‘ich versiyada EliteOne 800 G3’ga integrasiyalashgan Intel HD 530 videokartasi ham qo‘shib beriladi, u xaridor xohishiga qarab Intel HD Graphics 630/610 yoki AMD Radeon RX 460 GFX’ga (2 GB) o‘zgartirilishi mumkin.

    Monoblok MIL-SPEC 810G standartida qilingan bo‘lib, changlar, tebranish, zarbalardan himoyalangan. Tovushga esa Bang & Olufsen tizimi javobgar, u ekran ostidagi ingichka ramkaga o‘rnatilgan. Shuningdek yon tomondan qo‘shimcha monitorlarni o‘rnatish imkoni bor.

    HP EliteOne 800 G3 53.96 x 5.38 x 34.18 sm.lik o‘lchamga ega va 6.03 kg. keladi. Yangilik Windows 10 Home yoki 10 Pro boshqaruvi ostida ishlaydi. Yangi monoblokning boshlang‘ich nusxasi – 1049 dollar turadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » HP yangi, o‘ta kuchli kompyuterni taqdim etdi