20:02 / 15.03.2017
7 777

WhatsApp va Telegram messenjerlarining zaif joylari aniqlandi

WhatsApp va Telegram messenjerlarining zaif joylari aniqlandi

WhatsApp va Telegram messenjerlarining veb-versiyalari WhatsApp Web va Telegram Web’da foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari butligiga xatar soluvchi xavfli xato aniqlandi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Xaker ushbu zaif joydan foydalanib, jabrlanuvchiga surat ostiga niqoblangan zararli kod yuboradi. Foydalanuvchi surat ustiga bosganda xaker foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga kira oladi, so‘ngra bu kodni uning barcha kontaktlariga yuborishi mumkin va shu tariqa katta miqyosdagi hujumni amalga oshira oladi.

Check Point ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda WhatsApp va Telegram muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqdalar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » WhatsApp va Telegram messenjerlarining zaif joylari aniqlandi