Nyu-Yorkda Maxfiy xizmat agentining mashinasidan noutbukni o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda ABC News Amerika huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib xabar berdi, deb yozadi Daryo nashri.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, kompyuterda Trump Tower osmono‘par binosi qavatlarining rejalari, Hillari Klinton tomonidan xizmat yozishmalari uchun xususiy serverlarning ishlatilganligi haqidagi tekshiruv hujjatlari va milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan boshqa axborotlar saqlanadi; noutbukdagi ma’lumotlar shifrlangan va masofadan turib qattiq diskdan o‘chirilishi mumkin, deyiladi xabarda.
Maxfiy xizmat Reuters’ga ma’lum qilishicha, maxfiy axborotning noutbuklarda saqlanishi taqiqlangan. Agentlik o‘g‘irlik yuz bergani faktini tasdiqlatishga muvaffaq bo‘lganini yozmoqda.
Noutbuk bilan birgalikda o‘g‘irlab ketilgan mayda pul va sumkani keyinroq topishgan. ABC News yozishicha, polisiya qo‘lida jinoyatchi tushib qolgan videoyozuv bor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...