07:20 / 19.03.2017
6 092

Alibaba Alisher Usmonovning kompaniyasi bilan mobil o‘yinlarni tarqatish bo‘yicha hamkorlik qiladi

Alibaba Alisher Usmonovning kompaniyasi bilan mobil o‘yinlarni tarqatish bo‘yicha hamkorlik qiladi

Alibaba Group tarkibiga kiruvchi Xitoyning Alibaba Games kompaniyasi Alisher Usmonov va uning sheriklariga tegishli Mail.ru Group bilan mobil o‘yinlar savdosi va tarqatilishi borasida hamkorlik haqida kelishib oldi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Sherikchilik doirasida «Mobil o‘yinlarni tarqatish bo‘yicha global strategik alyans» tuzish, mobil o‘yinlarni Xitoy va Rossiya, Evropa, Yaponiya, Yaqin Sharq mamlakatlari hamda AQSh o‘rtasida distrubusiyasini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.

Alyans mazkur davlatlardagi foydalanuvchilarga mobil o‘yinlar sohasidagi so‘nggi texnik yangiliklardan xabardor bo‘lishga imkon yaratadi.

Mazkur loyihaga Alibaba Games va Mail.ru Group kompaniyalaridan tashqari TFJoy va Efun and ONEMT shirkatlari ham sherik sifatida qo‘shilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Alibaba Alisher Usmonovning kompaniyasi bilan mobil o‘yinlarni tarqatish bo‘yicha hamkorlik qiladi