11:41 / 19.03.2017
7 434

Google ovozni matnga o‘giruvchi messenjerni ishga tushirdi

Google ovozni matnga o‘giruvchi messenjerni ishga tushirdi

Google kompaniyasining Area 120 startapi doirasida «Supersonic Fun Voice Messenger» nomli xat almashishga mo‘ljallangan original g‘oyali ilovani ishga tushirdi. Messenjer vazifasini bajaruvchi ilovaga matnni qo‘lda terib o‘tirish shart emas.

Dastur konsepsiyasi juda qiziq: foydalanuvchi yozish kerak bo‘lgan so‘zlarni aytib tursa, ilovaning o‘zi avtomatik ravishda matnni teradi. Eng qizig‘i, ilova so‘zlarning mazmunidan kelib chiqib, mos keladigan smayliklarni ham qo‘yib ketadi. Messenjer shu jihati bilan hozircha yagona, deb yozadi Terabayt sayti.

Supersonic Fun Voice Messenger ilovasi faqat ovozli xatlarni yozishga emas, matnni ovozli buyruq bilan yuborish, matnni ovozga aylantirish funksiyalariga ham ega. Xabarni tinglash imkoni bo‘lmaganida uni matn ko‘rinishida o‘qish ham mumkin. Dasturchilarning aytishlaricha, ilova bir qancha so‘zlarni matn emas, smayliklarda ifodalaydi.

Chatlar shaxsiy yoki guruhli sharoitda amalga oshirilishi mumkin. Ovozli xabarlar tinglanishi bilan ular chatdan o‘chib ketadi. Supersonic Fun Voice Messenger ilovasining imkonityalari tez orada boshqa ilovalarda ham taqdim qilinishi kutilmoqda. Undan hozircha amerikaliklar iOS va Android platformalari foydalanishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google ovozni matnga o‘giruvchi messenjerni ishga tushirdi