15:19 / 20.03.2017
19 233

Samsung Galaxy S8 ranglari va narxi ma’lum qilindi

Taniqli jurnalist Evan Blass “tvitter”dagi sahifasida Samsung Galaxy S8 va S8 Plus sirlari bilan bo‘lishdi. Ma’lum bo‘lishicha, yangi qurilmalar uch rangda chiqariladi: “qora osmon”, “kulrang orxideya” va “arktika kumushi” (Black Sky, Orchid Grey and Arctic Silver).

Shuningdek yangi smartfonlarning taxminiy narxi ham ma’lum bo‘ldi: Samsung Galaxy S8 Evropada xaridorlarga 799 evrodan taklif etilsa, Galaxy S8 Plus’ni esa 899 evroga sotib olish mumkin bo‘ladi. Bu esa dunyo bo‘ylab yangi qurilmalarning narxi ming dollardan ko‘proqni tashkil etishi mumkinligidan darak beradi, deyiladi Kun.uz xabarida.
Samsung Galaxy S8 ranglari va narxi ma’lum qilindi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy S8 ranglari va narxi ma’lum qilindi