09:15 / 22.03.2017
5 106

Apple iPhone 7’ni maxsus talqinda taqdim qildi

Apple iPhone 7’ni maxsus talqinda taqdim qildi
An’anaga ko‘ra, bu yil ham Apple 21 martni shunchaki qarshi olgisi kelmadi. Kuecha korporasiya iPhone 7 va iPhone 7 Plus smartfonining «RED Special Edition» nomli qizil rangli maxsus modellarini taqdim qildi, deb yozadi "Terabayt" sayti. Alyuminiy korpusdan tayyorlangan korpus yorqin qizil tusda. Bu maxsus model Apple va OITSga qarshi xalqaro kurash jamg‘armasining (PRODUCT)RED loyihasi o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlikning 10 yilligiga bag‘ishlandi. Bu vaqtgacha iPhone 7: «qora oniks», qora, kumush rang, tilla va och-pushti ranglarda taqdim qilingan edi.

«Apple korporasiyasi — OITSga qarshi kurash fondining homiylaridan biri bo‘lib, RED loyihasi doirasida jamg‘armaga jahon miqyosida bu kasallikka qarshi kurashish uchun 2006 yildan beri 130 million AQSh dollardan ziyod mablag‘ bergan. Shuningdek, qizil rangli ayfonlarni sotib olgan insonlar ham bu fondning faxriy a’zolariga aylanib, ularning mablag‘lari dunyodagi qashshoqlik va kasallik ortib borayotgan hududlar, jumladan Afrikaning tropik hududlaridagi xayr-saxovat ishlariga sarflanadi.

iPhone’ning (PRODUCT)RED talqinini barcha internet magazinlar orqali ayni paytda buyurtma qilish mumkin. Uning 128 GB va 256 GB doimiy xotira talqinlari 24 martdan 749-996 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi. 4.7 dyuymli iPhone 7 Apple A10 prosessori, 2 GB tezkor xotira (iPhone 7 Plus’da 3 GB), IP67 sertifikatiga ega, ya’ni korpusi suv va chang ta’siriga chidamli.

Joriy yilning 15 mart holatiga ko‘ra, 128 GB xotiraga ega iPhone 7 «Malika» savdo majmuasida 5,775,000 so‘mdan sotilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple iPhone 7’ni maxsus talqinda taqdim qildi