09:32 / 22.03.2017
4 868

Apple o‘z tarixida eng arzon iPad’ni taqdim qildi

Apple o‘z tarixida eng arzon iPad’ni taqdim qildi
21 mart kuni Apple alvon rangli ayfon bilan birga, shunchaki «iPad» deb nomlangan planshet kompyuterni namoyish qildi, deb yozadi "Terabayt" sayti. Ma’lumotlarga ko‘ra, u bozorda 2014 yilda sotuvga chiqarilgan iPad Air 2 bilan o‘rin almashadi. Chunki, yangi model taqdim qilingach Apple saytida iPad Air 2 haqidagi ma’lumotlar o‘chirib tashlangan. Shunday qilib, Apple planshetlari oilasida 3 ta model qoladi: yangi iPad (2017) iPad Pro hamda iPad mini 4.

Taqdim qilingan iPad Apple A9 rosessori nazoratida ishlaydi. Bu uning «akasi»dagi prosessordan 1,6 barobar samarali faoliyat ko‘rsatadi. Undagi M9 videokartasi grafik-tasvirni avvalgi avloddan ko‘ra 2,7 marta tezroq qayta ishlaydi.

Yangi ayped displeyi o‘sha-o‘sha — 2048 × 1536 piksel sig‘imli Retina. Ammo, bu iPad ekrani qator ilg‘or jihatlarga ega. Birinchidan, uning yuzasi nur qaytaradigan laminat bilan qoplangani uchun ko‘chada ham qiynlamay foydalanish mumkin. Ekranning rang-tasvir qamrovi kengayib, True Tone texnologiyasi joriy qilingan.

iPad’da Touch ID barmoq izlari skaneri va apparatga to‘la quvvat bilan 10 soat bemalol ishlash imkonini beradigan akkumulyator batareyasi mavjud. Avvalgi aypedda 12 megapikselli bosh va 5 megapikselli old kameralar o‘rnatilgan bo‘lsa, iPad 2017’da 8 va 1,2 megapikselli kamera modullaridan foydalanilgan.

Ushbu modelning yana bir farqli jihati — aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi Apple SIM’ni qo‘llab-quvvatlamaydi, unda 4 ta emas, 2 ta dinamikdan foydalanilgan. Shuningdek, yangi aypedda «Live Photos», ya’ni harakatli suratlar va 4K sig‘imli video tasvirga olish mumkin. Bu galgi gadjetda Apple Pencil qalamchasidan foydalanishning iloji yo‘q. Yangi iPad korpus qalinligi 7,5 mm, avvalgi aypedda bu ko‘rsatkich 6,1 mm edi. Vazn masalasida iPad 2017 — 469 graam, Pro-versiya 437 gramm.

Apple yangi iPad’ni 32 va 128 GB doimiy xotirada taqdim qiladi. Yangi aypedga buyurtmalar 24 martdan qabul qilinadi. 32 GB doimiy xotira Wi-Fi talqini 329 dollar, LTE’ni qo‘llab-quvvatlaydigan talqini 459, 128 gigabaytli va mobil aloqani qo‘llab-quvvatlaydigan yuqori talqini 728 AQSh dollardan sotuvga chiqariladi. Planshet tilla, kumush va tim qora-kul rangli korpuslarda ishlab chiqariladi. IPad Pro’ning 780 AQSh dollaridan sotilar edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple o‘z tarixida eng arzon iPad’ni taqdim qildi