«VKontakte» foydalanuvchilarga hamjamiyatlarga pul o‘tkazishga ruxsat berdi. O‘tkazmalarni guruhlar ma’murlari va muharrirlari qabul qilishi mumkin. Bu haqida TJ nashriga asoslanib, Kun.uz xabar berdi.
Hamjamiyatlarga pul o‘tkazish foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘tkazmalardan tubdan farq qilmaydi. Pullarni ilova shaklida shaxsiy xabarlarga qo‘shish mumkin. Agar mablag‘ besh kun davomida yo‘llangan foydalanuvchi tomonidan qabul qilinmasa, u egasiga qaytariladi.
"Biz «VKontakte» hamjamiyatlar bazasida kraudfanding uchun asos platformani ishga tushiryapmiz. Endilikda har qanday hamjamiyat o‘z ishtirokchilari yordamida u yoki bu jamoaviy loyihani moliyalashtirishi mumkin.
Shu tariqa, indi-musiqachilar albom yozish uchun zarur mablag‘ni yig‘ishlari mumkin bo‘ladi, "Moychechak" turar-joy kompleksi uyushmasi a’zolari esa - hovlidagi velosiped turargohiga".
Yuriy Ivanov, «VKontakte» elektron kommersiyasi direktori
Pul o‘tkazmalari hamjamiyatning ma’murlari yoki muharrirlari tomonidan qabul qilinishi mumkin, shuningdek ular o‘tkazmalar tarixidan ham xabardor bo‘lishadi. Aniqlik kiritilishicha, foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘tkazmalardagi kabi Mastercard va Maestro'dan pul yo‘llanganda komissiya to‘lovi olinmaydi, Visa kartalari uchun esa komissiya to‘lovi 1 foizni (kamida 40 rubl) tashkil qiladi.
«VKontakte»da foydalanuvchilar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari tizimi 2016 yilning dekabr oyida yo‘lga qo‘yilgan. O‘tkazmalarning minimal summasi - 100 rublni, maksimal summa esa 75 ming rublni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi