13:21 / 23.03.2017
6 445

Microsoft Xitoy hukumati uchun Windows 10 operasion tizimining maxsus talqinini taqdim etdi

Microsoft Xitoy hukumati uchun Windows 10 operasion tizimining maxsus talqinini taqdim etdi
Microsoft korporasiyasi Windows 10 operasion tizimining Xitoy hukumati uchun mo‘ljallangan yangi maxsus talqinini yaratdi. Bu haqda «Kommersant’» nashriga tayanib, «Daryo» xabar berdi.

Yangi talqindagi Windows 10 China Electronics Technology Group davlat kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi. Operasion tizimga aynan qanday o‘zgarishlar kiritilgani ma’lum qilinmagan.

Yangi operasion tizim Microsoft’ning Xitoy bozoridagi istiqbolini yaxshilashi kutilmoqda. Xitoy hukumati tomonidan kiberxavfsizlik bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganidan so‘ng Microsoft’ning Xitoy bozoridagi savdosi jiddiy zarar ko‘rgan edi.

Ma’lum qilinishicha, yangi Windows 10 allaqachon uchta ob’ektda, xususan, Xitoy bojxona tizimida sinab ko‘rildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Microsoft Xitoy hukumati uchun Windows 10 operasion tizimining maxsus talqinini taqdim etdi