15:41 / 29.05.2015
6 728

Google Instagram’ga raqobatchi bo‘ladigan xizmatni taqdim etdi

Google Instagram’ga raqobatchi bo‘ladigan xizmatni taqdim etdi

Google Instagram ijtimoiy tarmog‘iga raqobatchi bo‘lishi kutilayotgan Google Photos fotoservisini taqdim etdi. Bu haqda «Vedomosti»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

28 may, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan konferensiyada servisning iOS va Android uchun mo‘ljallangan dasturlari ham namoyish etildi.

Servisni ishlab chiqishda har qanday qurilmadan olingan fotosuratlarni bir erda to‘plab, ularni tezkorlik bilan saralash vazifasi ko‘zda tutilgan. Kerakli suratni tezroq va qulayroq topish uchun Google yuzni tanish texnologiyasini qo‘llamoqchi, u kishi suratlarda belgilanmagan taqdirda ham, uning rasmlarini topib berishi mumkin.

Tasvir va videolarni tahlil qilish, teg qo‘yish ishlari avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google Instagram’ga raqobatchi bo‘ladigan xizmatni taqdim etdi