Tarmoqda 2017 yilning kuz mavsumida taqdim etiladigan Samsung Galaxy Note 8 smartfonining xususiyatlariga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Playfuldroir portaliga tayanib Kun.uz qurilmaning sxemali tasvirini chop etdi.
Smartfon hoshiyasiz 6,4 dyuym 4K-displeyga ega bo‘ladi. Ekran tomonlari nisbati Galaxy S8'nikiga o‘xshaydi, ya’ni - 18,5X9. Unda ham Galaxy S8 qurilmasiga o‘xshab Home tugmasi bo‘lmaydi, shu bois barmoq izlari skaneri qurilmaning orqa tomoniga ko‘chirilishi mumkin.
Qurilmaning pastki qismida USB Type-C, mini-jack quloqchinlari ulanadigan joy, shuningdek S-Pen stilusi uchun slot joylashgan. Tepa qismida SIM-karta va ehtimol, xotira kartasi uchun slot hamda ikkinchi dinamik joylashadi.
Bundan tashqari, qurilma Samsung kompaniyasi 21 martda namoyish qilgan Bixby ovozli assistentiga ega bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi bu assistent bozordagi muqobillarning orasida eng aqllisi ekani va boshqa kompaniyalar qarorlaridan ajralib turishini ta’kidlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi