11:55 / 24.03.2017
5 651

Apple’ning yangi zavodi Hindistonda paydo bo‘ladi

Apple’ning yangi zavodi Hindistonda paydo bo‘ladi
Apple kompaniyasi Hindistondagi ilk zavodini yaqin besh-olti hafta ichida ochadi. Bu haqda The Wall Street Journal'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Zavod mamlakatning Bangalor shahrida qad ko‘taradi. Kompaniyaning o‘zidagilar bu yangilikning batafsil ma’lumoti bilan o‘rtoqlashishni istashmadi, biroq shuni ta’kidlashdiki, bu masaladagi muzokaralar hind hukumati bilan ochiq ruhda o‘tkazilgan.

Tahlilchilarning aytishicha, kompaniyaning Hindistonda paydo bo‘luvchi zavodi taraqqiy etayotgan bozorda uning imkoniyatlarini yanada oshiradi. Bundan tashqari, ushbu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan qurilmalar ancha arzonlashadi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, qurilmalarning qiymati 100 dollargacha tushish ehtimoli bor.

Apple Hindistonda o‘z zavodini ochish rejasi borligi haqida ilk marta joriy yilning fevralida ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple’ning yangi zavodi Hindistonda paydo bo‘ladi