17:31 / 24.03.2017
6 388

Amazon AQShdan 1,5 milliard dollarlik ishni yutib oldi

Amazon AQShdan 1,5 milliard dollarlik ishni yutib oldi
Amazon.com AQSh Soliq boshqaruvidan 1,5 milliard dollarlik ishni yutib oldi. Bu haqida Reuters agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

2005-2006 yillarda Amazon tranzaksiyalari va uning Lyuksemburg bo‘limida tergov o‘tkazildi. Boshqaruvchining fikricha, kompaniya ushbu tranzaksiyalar munosabati bilan 1,5 milliard dollar qo‘shimcha soliq to‘lashi kerak.

Amazon o‘zining Amerika aktivlarining katta qismini Lyuksemburgga ko‘chirdi. Shu tariqa, uning Evropa biznesi daromadlariga juda past soliq stavkasi solinadi.

Evropada Amazon soliq shartnomalari tekshiruvi davom etmoqda - Bryussel ularni kompaniyaning Lyuksemburg tomonidan noqonuniy "davlat yordami" deb hisoblaydi. Bu esa Amazon'ga raqiblar oldida nohaq ustunliklarni beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Amazon AQShdan 1,5 milliard dollarlik ishni yutib oldi