23:28 / 25.03.2017
8 042

Yo‘ldagi qoidabuzarliklar uchun jarimalarni uydan to‘lash imkoni paydo bo‘ldi

Yo‘ldagi qoidabuzarliklar uchun jarimalarni uydan to‘lash imkoni paydo bo‘ldi
O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilar va piyodalar uchun ajoyib imkoniyat. Endilikda, ular jarimalarni istalgan vaqtda, istalgan joyda to‘lashlari mumkin. Buning uchun bank shoxobchasiga borish, vaqt sarflash talab etilmaydi.

Respublikadagi ko‘p sonli mobil to‘lov vositalaridan biri Payme xizmati YHXBB jarimalarini to‘lash imkoniyatini joriy qildi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Buning uchun smartfoningizda tizim ilovasini yuklab olishingiz va unda bank kartochkangizni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz lozim. So‘ngra, jarima raqami hamda talab qilingan summani kiritsangiz kifoya. Tizim birvarakayiga 2 mln so‘mgacha miqdorda pul o‘tkazish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Payme to‘lov tizimi Uzcard Online plastik kartochkalaringizdagi mablag‘laringizni boshqarishingiz mumkin.

Shu bilan birga, ilovadan foydalanish uchun telefoningizda matnli xabarnoma xizmati yoqilgan bo‘lishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yo‘ldagi qoidabuzarliklar uchun jarimalarni uydan to‘lash imkoni paydo bo‘ldi