07:29 / 26.03.2017
5 565

Galaxy Note 7’ning «merosxo‘ri» sotuvga chiqadi

Galaxy Note 7’ning «merosxo‘ri» sotuvga chiqadi
Samsung bir necha kunlardan so‘ng Galaxy S8 flagmanini namoyish qiladi. U to‘g‘rida deyarli barcha ma’lumotlarni Terabayt o‘quvchilariga taqdim qilib boryapmiz. Shu kunlarda Galaxy Note 7’ning «davomchisi» bo‘lgan Samsung Galaxy Note 8’ning 2017 yilning kuzida sotuvga chiqishi to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Uning quyidagi sxemalashgan tasviri internetda tarqalib ketdi, deb yozadi Terabayt sayti.

Mazkur telefon apparati 6,4 dyuymli, 4K sig‘imli ramkasiz displey bilan ta’minlanadi. Tasvirda old panelni deyarli to‘liq egallab turgan katta ekranni ko‘rish mumkin. Bu jihatdan u Galaxy S8’dan ham ilg‘or. Flagmanda «Home» tugmasi bo‘lmaydi va barmoq izlari skaneri orqa paneldan o‘rin oladi.

Korpusning chap tomonida ovozni boshqarish va o‘chirish tugmalari joylashgan. Korusning o‘ng tomonida esa Bixby ovozli yordamchisini ishga tushiradigan tugma mavjud. Samsung’ning tasdiqlashicha, mazkur texnologiya virtual yordamchilar orasida «eng aqlli»si ekan. Xususan, u Apple yaratgan Siri’dan ancha-muncha ilg‘or. Chizmada virutal yordamchi tugmasi yonida yana bir tugma bor. Hozircha, uning vazifasi noma’lum. Ehtimol, u stilusga mo‘ljallangan yoki kamerani ishorali boshqarish uchun kerakdir.

Smartfonda 2 ta, uning tom va quyi qismida joylashgan ovoz karnayi bor. Quyi qismda, shuningdek USB-C porti, 3,5 mm.li aydio-quloqchin uchun konnektor va S-Pen qalamchasi uchun bo‘lmacha bor. SIM-karta bo‘lmachasi va xotira kartasi uchun bo‘lmachaning tom qismida bo‘lishi aytilmoqda.

Chizmaga ko‘ra, ekran ustida old kamera va ko‘zning rangdor pardasini tekshiruvdan o‘tkazuvchi skaner bor. Samsung Galaxy Note 8’ga bugunning ilg‘or Snapdragon 835 prosessori yoki yanada yangiroq Exynos 9 prosessori o‘rnatilib, undagi operativ xotira 6, doimiy ichki xotira 256 GB sig‘imli bo‘lishi kutilmoqda.

2016 yilning avgust oyida sotuvga chiqqan Galaxy Note 7 smartfonining yonib ketishi jahon miqyosida kuzatilgani tufayli, gadjet ishlab chiqarishdan olib tashlandi. Samsung Galaxy Note 8’ning 2018 yildan sotuvga chiqishi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Galaxy Note 7’ning «merosxo‘ri» sotuvga chiqadi