18:13 / 27.03.2017
6 680

Oyda erosti tunnellari topildi

Oyda erosti tunnellari topildi
Lunar and Planetary Science’ning 48-konferensiyasida Oydagi erosti tunnellari haqida ma’lum qilindi. Topilma «insoniyat kelajagi» deb nomlandi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Ular Marius tepaliklari platosidagi diametri bir necha o‘n metr bo‘lgan tuynuk yaqinida joylashgan. Tuynukning o‘zi 2009 yilda topilgan.

Olimlar Kaguya yapon qurilmasi yordamida yoriq yaqinida yirik, ko‘p kilometrga cho‘zilgan bo‘shliqlar mavjudligini aniqladi.

Erda ham yuqoridagi kabi erosti hosilalari mavjud. Ular magma sovib, asta-sekinlik bilan torayishi oqibatida yuzaga keladi. Astronomlarning Oydagi topilmalari ham lava hosilalari ekanligiga 100 foiz ishonib bo‘lmaydi.

Biroq nima bo‘lganda ham, razvedka missiyalari Er yo‘ldoshida haqiqatdan ham chuqur erosti tunnellari mavjud ekanligini tasdiqlasa kelajakda ular oydagi birinchi kolonial manzilgohlar va ilmiy-tadqiqot markazlari uchun asos bo‘la oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Oyda erosti tunnellari topildi