08:35 / 28.03.2017
5 989

Apple Xitoyda iPhone 6 va 6 Plus smartfonlarini sotish huquqini qaytarib oldi

Apple Xitoyda iPhone 6 va 6 Plus smartfonlarini sotish huquqini qaytarib oldi
Apple korporasiyasi Xitoyda mahalliy smartfon ishlab chiqaruvchi — Shenzhen Baili Marketing Services kompaniyasiga qarshi patent munozarasida yutib chiqdi va endilikda Xitoyda iPhone 6 hamda iPhone 6 Plus telefonlarini sotishni qaytadan yo‘lga qo‘yishi mumkin, deya xabar bermoqda «Daryo».

Tegishli taqiq 2016 yilning may oyida, Xitoy nazoratchi organi Amerika kompaniyasi Shenzhen Baili Marketing Services’ning 100c mobil telefoni dizaynidan noqonuniy tarzda nusxa ko‘chirgan deb topganidan so‘ng joriy etilgan edi.

Shundan so‘ng Apple Xitoy patent organi qaroridan norozi bo‘lib, sudga shikoyat qilgan.

O‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan sud majlisida nazoratchi organ Apple tomonidan Xitoy kompaniyasining intellektual mulkiga nisbatan huquqlar buzilganiga doir etarlicha dalillar taqdim eta olmadi, deb topildi va taqiq bekor qilindi.

Shenzhen Baili Marketing Services vakillari shirkat sudning bu qarori ustidan shikoyat bildirish borasida hozircha bir qarorga kelmaganligini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple Xitoyda iPhone 6 va 6 Plus smartfonlarini sotish huquqini qaytarib oldi