09:54 / 30.03.2017
5 272

Samsung kompaniyasi Galaxy S8’ni kompyuterga aylantiruvchi DeX dok-stansiyasini namoyish qildi

Samsung Galaxy S8 va S8+ smartfonlarini stol kompyuteriga ulash imkonini beruvchi DeX dok-stansiyasini namoyish etdi, deb yozadi Daryo nashri. U tasvirni tashqi monitorga chiqarish hamda klaviatura va sichqoncha kabi aksessuarlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu haqda kompaniya vakillari Nyu-Yorkdagi taqdimotda gapirib berdi.
Samsung kompaniyasi Galaxy S8’ni kompyuterga aylantiruvchi DeX dok-stansiyasini namoyish qildi
Dok-stansiya USB-kabel orqali ulanadigan yangi Galaxy S8 va S8+ smartfonlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma yana bitta USB, HDMI-yo‘lagi, Ethernet-port, USB Type-C razyomi va sovitish uchun ventilyator bilan jihozlangan. Shuningdek, smartfonni Adaptive Fast Charging simsiz texnologiyasi yordamida quvvatlantirish mumkin.

DeX monitor va aksessuarlarga ulangach, Galaxy S8’dagi Android mobil operasion tizimi stol kompyuteriniki kabi tus oladi: ekran orientasiyasi o‘zgaradi va yangi boshqaruv elementlari paydo bo‘ladi. Android’ning o‘zgargan interfeysi to‘la-to‘kis brauzer orqali bir vaqtning o‘zida bir nechta oynalarni boshqarish imkonini beradi.

Samsung VMware, Adobe va Microsoft bilan hamkorlik qiladi, shu tufayli dok-stansiya yordamida Windows dasturlarini masofadan boshqarish, shuningdek, virtual ish stoli, MS Office paketi hamda Adobe Acrobat Reader va Lightroom Mobile dasturlaridan foydalanish mumkin.

DeX Galaxy S8 bilan bir vaqtda — 2017 yil 21 aprelda sotuvga chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung kompaniyasi Galaxy S8’ni kompyuterga aylantiruvchi DeX dok-stansiyasini namoyish qildi