10:39 / 30.03.2017
6 035

Samsung Galaxy S8, LG G6 va iPhone 7 Plus’ga qarshi: suratlar sifati taqqoslandi

Samsung Galaxy S8, LG G6 va iPhone 7 Plus’ga qarshi: suratlar sifati taqqoslandi
Samsung Galaxy S8’da raqobatchilaridagi kabi ikkitalik kamera yo‘q. Bir yil avval Galaxy S7’da bo‘lgan Dual Pixel texnologiyasi, F1.7 yorug‘lik kuchi ham. Biroq sifat yaxshilandimi?

Ikkitalik kameraning eng foydali funksiyasi – optik zum analogidir. Ob’ektlarni yo‘qotmay turib yaqinlashtirish – bu zo‘r. Bu holat Huawei P10, iPhone 7 Plus (biroq, kechqurun emas) va LG G6 (buning uchun s’yomkaning keng burchagi niqobidan foydalanilsa ham) qurilmalarida bor. Galaxy S8 bunday imkoniyatga ega emas, ammo balki sifat yaxshidir? Tekshirib ko‘ramiz.

Avtomatik sozlamalar va ommabop syujetlardagi oddiy s’yomka sifatini taqqoslab ko‘ramiz. Barcha kadrlar bir xil sharoitda HDR’siz olingan. Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy S7 o‘tgan yilgi eng yaxshi kamerofonlardan biri edi, biroq avtomatika qorong‘ulikdagi oq rang nisbati bilan ko‘p xatoga yo‘l qo‘yardi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Portret

Biz ko‘proq portretlarni suratga olamiz.

LG’ning oddiygina moduli oxirgi o‘rinda: kichik ob’ektlar (sochlar) aralashib ketgan, rang uzatish juda ham tabiiy emas. iPhone keskinlikda ko‘payib ketgan, yuzda notekisliklar aniq ko‘rinib turibdi.

G‘olib - Samsung: yuz rangi tabiiy, tishlar oq, sochlar yaxshi ishlangan. Bino ichidagi portretlar s’yomkasi uchun – besh baho.

Kunduzgi peyzaj

Kunduzgi s’yomkada barcha smartfonlar bir-biriga o‘xshash, biroq bu erda ham bir qator o‘ziga xos farqlar bor.

Suratlardan ko‘rish mumkinki, LG’da shovqinlarning eng yuqori darajasi (kichik sensorga rahmat), iPhone’da haddan tashqari qorong‘i kadr, Samsung’da esa kichik keskinlik, detallar juda ham yumshatilgan, xuddi aralashib ketayotgandek go‘yo.

Bu erda aniq g‘olib yo‘q.

Matn

Matnni murakkab sharoitlarda suratga olish – smartfonlarning juda muhim vazifasi. Bu holatda ham kamchiliklar aniqlandi: LG’da qorong‘uroq, Samsung’da kadr chetlari aralashib ketgan.

G‘olib – iPhone, kadr butun maydoni bir xildagi sifatda.

Yaqindan turib s’yomka qilish

Bir qarashda iPhone, LG va Samsung’da olingan suratlar yomon emas, biroq yaqindan turib qaralsa, orqa plan iPhone’da yaxshiroq, fotoapparatdagi boshqaruv elementlari koreyaliklarniki kabi eyilib ketmagan, rang uzatish ham eng tabiiy.

Ikkinchi o‘rinda LG, Samsung’da esa kadrning barcha maydonida keskinlikning yo‘qolishini ko‘rish mumkin.

Xonadagi s’yomka

Xonada ham iPhone raqobatchilaridan ko‘ra yaxshiroq natijani ko‘rsatdi. LG va Samsung bu holatda deyarli bir xilda, garchi LG surati biroz yaxshiroq, ammo sal shovqinliroq, kropdagi ko‘rsatkichga e’tibor bering.

Yakunda

Samsung Galaxy S8 kamerasi Galaxy S7 yoki Note 7’dagi kabi bir xilda ekani ma’lum bo‘ldi. Hammasi o‘sha darajada: xonada suratga olish bilan bog‘liq qator muammolar bor.

Samsung faqatgina portretlar s’yomkasida yakka g‘olib bo‘lib chiqdi, shuningdek kunduzgi suratlar ham yomon emas. Ko‘ramiz, model sotuvga chiqarilishi bilan vaziyat qanday o‘zgarar ekan, sababi soft hozirda yakuniy emas va ko‘p narsa o‘zgarishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy S8, LG G6 va iPhone 7 Plus’ga qarshi: suratlar sifati taqqoslandi