15:20 / 30.03.2017
8 125

Odnoklassnikida internet-do‘konlar paydo bo‘ldi

Odnoklassnikida internet-do‘konlar paydo bo‘ldi
Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i internet-do‘konlar va brendlarning mahsulotlari va xizmatlari namoyish etilgan ko‘rgazma maydonchalarini sinovdan o‘tkazmoqda. ENDILIKDA ijtimoiy tarmoqda Megogo va ShowJet xizmatlaridan filmlar va seriallarga, “Sportmaster”, “Media MarkEt”, “Clarins”lardan mahsulotarga buyurtma berish imkoni mavjud. Yaqin kunlarda tovarlar ko‘rgazmasini namoyish etish imkoniyati barcha guruhlar uchun yo‘lga qo‘yiladi.

Ko‘rgazmaga guruh ma’murlari alohida mahsulotlar, hamda tovar va xizmatlar turkumini qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Har bir e’lon uchun narx, ta’rif va sur’atlar qo‘shish mumkin bo‘ladi. Shuningdek guruh ma’muri yangi mahsulotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri guruh yangliliklar tasmasida namoyish etilishini sozlashi mumkin.
Foydalanuvchilar guruhlarida chop etilgan e’lonlardan farqli o‘laroq do‘konlar mahsulotlari qo‘yilgan e’lonlar muddatsiz bo‘ladi. Guruhlarda mahsulotlarni joylashtirish bepul.

Mahsulot yoki xizmatlarga guruh chati orqali, e’londagi “Bog‘lanish” tugmasi yoradmida, buyurtma bersa bo‘ladi. Sotuvchilar buyurtmalarni qabul qilish uchun botlarni sozlashlari va ularni Odnoklassnikining ochiq “API”si orqali xabarlar bilan ishlovchi tizimlarini integrasiya qilishlari mumkin bo‘ladi. “Bog‘lanish” tugmasiga ega e’lonni promo-post sifatida Odnoklassniki tasmasida “myTarget” platformasi orqali targ‘ib qilish imkoniga ega bo‘ladi. Hozirgi vaqtda mahsulotlar ko‘rgazmasi faqat ijtimoiy tarmoqning veb ko‘rinishida ishlamoqda. Yaqin vaqtda u mobil qurilmalarda ham mavjud bo‘ladi.

Odnoklassniki loyihasi rahbari Anton Fedchin:

– Odnoklassniki – shunchaki ijtimoiy tarmoq emas. U xizmatlar va ilovalar eko-tizimidir. Biz foydalanuvchilar Odnoklassnikida xamma kerakli narsalarni: do‘stlarni, qiziqarli kontentni, foydali mahsulotlar va xizmatlarni izlab topishlarini xohlaymiz. Bir necha oy oldin biz e’lonlar maydoniga ishonchli qadam bosdik va mahsulotlar va xizmatlar sotish xizmatini ishga tushirdik. Tajribamiz muvaffaqiyatli o‘tdi va biz xizmatga bo‘lgan talabni ko‘rdik. Bizning bu yo‘nalishdagi ikkinchi qadamimiz tizimni biznes vakillari, ayniqsa kichik va o‘rta biznes vakillari uchun moslashtirish. IshonamizKI, qulay xizmat xam xaridorlar, xam do‘konlar uchun jarayonni yengillashtiradi va ijtimoiy tarmoqlarda biznesni yanada rivojlantirishiga yangi turtki beradi.

Odnoklassniki loyihasining biznesni rivojlantirish menedjeri Semen Boyarskiy:

– Mahsulotlar ko‘rgazmasining ishga tushirilishi – OKda biznes imkoniyatlarini rivojlantirishdagi muhim qadamlardan biridir. Do‘konlar va brendlar o‘z tovar va xizmatlarini Odnoklassnikining katta aUditoriyasi o‘rtasida targ‘ib qilish imkoni bo‘ladi, xaridorlarga esa ortiqcha xarakatlarsiz sotuvchiga ijtimoiy tarmoqning o‘zida xabar yozish mumkin bo‘ladi. Yangi xizmat ishga tushirilishi bilan OKda biznes uchun eko-tizim yuzaga keldi: endilikda kompaniyalar o‘z mahsulotlari va xizmatlaridan iborat ko‘rgazmalarni tashkil etiB, ularni reklama orqali targ‘ib etishga buyurtma berish va buyurtmalarni shaxsiy yozishuvlar orqali qabul qilish imkoniga ega bo‘ladilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Odnoklassnikida internet-do‘konlar paydo bo‘ldi