08:08 / 31.03.2017
7 429

Telegram’da qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati paydo bo‘ldi

Telegram messenjerida qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati paydo bo‘ldi, deb yozadi Daryo nashri.

Hozircha G‘arbiy Evropa foydalanuvchilarigina qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin, qolgan mintaqalar keyinchalik qo‘shib boriladi.

Telegramda sizga kimlar qo‘ng‘iroq qilishi mumkinligini sozlash mumkin: hamma, hech kim yoki tanishlar ro‘yxatidagi abonentlar, shuningdek, alohida bir foydalanuvchini qo‘ng‘iroq qila olishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxatidan chiqarib tashlash mumkin.

Dasturchilarning va’da berishicha, barcha qo‘ng‘iroqlar shifrlangan. Aynan qo‘ng‘iroq qilgan inson bilan gaplashayotganizni aniqlash uchun ekrandagi emodzilarni taqqoslash kifoya.
Telegram’da qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati paydo bo‘ldi
Bu kabi qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati WhatsApp, Facebook Messenger, Skype va boshqa shu kabi messenjerlarda mavjud edi. Telegram’dan oyiga 100 million kishi foydalanadi, WhatsApp va Facebook Messenger’ning foydalanuvchilari soni bir milliardga etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram’da qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati paydo bo‘ldi