08:48 / 31.03.2017
6 714

SpaceX tarixda birinchi marta avval koinotga uchirilgan raketani qayta uchirdi

SpaceX tarixda birinchi marta avval koinotga uchirilgan raketani qayta uchirdi
Falcon 9 raketasi avval ishlatilgan birinchi bosqichi bilan AQShning Florida shtatida joylashgan Kanaveral burnidan havoga ko‘tarildi. Raketa orbitaga SES-10 telekommunikasion sun’iy yo‘ldoshini olib chiqishi kerak. Bu koinotda avval bo‘lgan raketaning birinchi qayta parvozidir. Raketa yaratuvchisi SpaceX kompaniyasi bu tarixiy voqeani jonli tarzda namoyish qildi.

Raketa Kanaveral burnida joylashgan kosmodromning 39A parvoz maydonchasidan Toshkent vaqti bilan soat 03.27da parvozni amalga oshirdi. Raketa-tashuvchining birinchi bosqichi 2016 yil bahorda Xalqaro koinot stansiyasiga Dragon yuk kemasini etkazishda ishlatilgan, deb yozadi Kun nashri.

AQShning SpaceX kompaniyasi raketaning ishlatilgan birinchi bosqichi Erga qaytarilib, so‘ngra yana koinotga uchirilishi ta’minlanadigan texnologiya ustida bir necha yil davomida ishlagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » SpaceX tarixda birinchi marta avval koinotga uchirilgan raketani qayta uchirdi