Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari yangi “SoccerBots” robotni yaratishdi. “SoccerBots” RoboSport uchun ishlab chiqilgan kirish loyihasi bo‘lib, uning asosiy maqsadi yoshlarning robototexnika va dasturlashga nisbatan qiziqishlarini uyg‘otishdir, deb yozadi Kun.uz nashri.
Mazkur o‘yinda har bir jamoada bittadan to‘rttagacha ishtirokchi qatnashishi mumkin. Har bir ishtirokchi bitta robotni masofaviy konroller yordamida Wi-Fi texnologiyasi orqali nazorat qiladi.
O‘yindan asosiy maqsad esa jamoalar raqib darvozasiga gol kiritishdan iborat bo‘lib, raqiblariga nisbatan ko‘proq gol kiritgan jamoa bellashuvning g‘olibiga aylanadi. Darvozalar infraqizil sensorlar bilan yoritilib, ular yordamida koptok darvozaga kiritilgani aniqlanadi. Urilgan gollar hisobi maxsus svetodiod matrisada o‘z aksini topadi.
“SoccerBots” loyihasi Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari Toshpulatov Davronbek, Ishmuhamedov Boriyxon, Umarov Sardor, Adilov Nuriddin va Yakubov Abdulaziz tomonidan ishlab chiqilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi