15:33 / 01.06.2015
7 647

Yagona portalda Toshkentda ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat olish uchun ariza berish xizmati ochildi

Yagona portalda Toshkentda ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat olish uchun ariza berish xizmati ochildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Toshkentda ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat olish uchun ariza berish xizmati ochildi. Bu haqda portalning o‘zida ma’lum qilingan, deb yozadi Daryo.uz.

Toshkent shahar hokimiyatining yangi xizmati ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma olishga ariza yuborish imkonini beradi. Murojaatni ko‘rib chiqish muddati — 15 kun.

Barcha zarur hujjatlar Yagona portal orqali elektron shaklda taqdim etiladi. Xizmatdan foydalanish natijasi ommaviy tadbirni o‘tkazishga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yagona portalda Toshkentda ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat olish uchun ariza berish xizmati ochildi