11:45 / 09.04.2017
5 592

Tarmoqda iPhone 8’ning yangi suratlari tarqaldi

Tarmoqda iPhone 8’ning yangi suratlari tarqaldi
Insayderlar internet tarmog‘ida iPhone 8 flagman smartfonining ilk sxematik-chizmali suratini tarqatishdi. Kutilganidek, yangi ayfon old panelidagi Home bosh tugmasi endi mavjud emas. Biometrik modul esa old panelda ham, orqa panelda ham yo‘q. Demak, barmoq izlari skaneri uchun displey panelida virtual tugma o‘rnatiladi, degan gaplarda jon bor.

iPhone 8 ekranining yuqori qismida 2 ta kamera modullari mavjud. Ma’lumotlarga ko‘ra, ulardan biri 3D-kamera bo‘lib, bu lazerli sensor qiyofani tekshiruvdan o‘tkazadi, yoki u ko‘zning rangdor pardasi uchun o‘rnatilgan skaner bo‘lishi ham mumkin. 3D-kamera surat olinganidan so‘ng ham, tasvirning fokus, ya’ni bosh nuqtasini belgilash va ob’ektlarning o‘ziga alohida ishlov berish imkonini beradi. Misol uchun, tasvirdagi ob’ektning yoki inson tanasini 180 gradusga o‘zgartirish, boshqa virtual effektlar qo‘shish mumkin bo‘ladi, deb yozadi Terabayt sayti.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 8 mobil telefoniga 5,8 dyuymli OLED-displey o‘rnatiladi va uning orqa paneli shishadan tayyorlanadi. Gadjetning chizmali suratida ham 2 ta — vertikal holatda joylashgan kamera modullarini ko‘rish mumkin. Smartfonning tom qismida 2 ta mikrofon, quyi qismida – dinamik hamda USB-C porti mavjud.

Bu chizmada chindan ham yangi ayfon tasvirlangan bo‘lsa, aytish mumkinki, iPhone 8 dizayniga ko‘ra, avvalgi ayfonlardan tubdan farq qiladi.

Ayfonning «yubiley smartfoni» bo‘lgan iPhone 8 taqdimoti kelayotgan sentyabr oyida kutilmoqda. Ammo, o‘ta ilg‘or texnologiyani yaratish uchun vaqt talab qilinadi. Ba’zi ekspertlar displey va kamera etkazib beruvchilar Apple’ning buyurtmasini o‘z vaqtida bajara olmasligini, shu sababli keyingi ayfon taqdimoti 1-2 oyga kechikishi mumkinligini aytishmoqda. Shuningdek, iPhone 8 bilan birga, iPhone 7s hamda iPhone 7s Plus modellari ham namoyish qilinadi. Ular ko‘rinishidan avvalgi ayfonni eslatsa ham, bir qator yangi texnologiyalarga ega bo‘ladilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Tarmoqda iPhone 8’ning yangi suratlari tarqaldi