11:37 / 04.06.2015
7 096

Samsung Galaxy Tab S2 8.0 dunyodagi eng ingichka planshet bo‘lishi mumkin

Samsung Galaxy Tab S2 8.0 dunyodagi eng ingichka planshet bo‘lishi mumkin

Xitoy telekommunikasion uskunalarni sertifikatlashtirish markazi saytida high-end-sinfidagi Galaxy Tab S2 8.0 planshetining ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotlar va surati chop etildi, deb yozadi Kun.uz. Samsung kompaniyasi yaqin orada bu planshetni namoyish qilishi kutilmoqda.

Qurilmada 1,9 GGs takt chastotasiga ega 8 yadroli prosessor (taxminlarcha, kompaniyaning shaxsiy prosessori Exynos 7420) qo‘llangan. Tezkor xotira 3 Gb ni, flesh-modul sig‘imi 16 Gb ni va ko‘proqni tashkil qiladi (microSD-kartasi hisobiga oshiriladi).

Planshet 2048×1536 ko‘rsatish qobiliyatiga ega 8 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Planshetning oldida 2 Mp li kamera, orqasida 8 Mp li kamera o‘rnatilgan. Planshet to‘rtinchi avlod LTE mobil tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashi aytilgan.

Planshetning og‘irligi 260 grammni, o‘lchamlari 198,2×134,5×5,4 mm.ni tashkil qiladi. Planshet bunday qalinlik bilan 8-dyuymli planshetlar toifasida dunyodagi eng ingichka planshet nomini olishga da’vogarlik qilishi mumkin. Planshet Android Lollipop operasion tizimi o‘rnatilgan holda sotiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy Tab S2 8.0 dunyodagi eng ingichka planshet bo‘lishi mumkin