09:51 / 10.04.2017
7 509

Artel va General Motors hamkorlik haqida shartnoma imzoladi

Artel va General Motors hamkorlik haqida shartnoma imzoladi
Joriy yilning mart oyi boshida Artel va General Motors kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik haqida shartnoma imzolandi. Bu bitimga ko‘ra, General Mobile Android One telefonlarining 1 000 ta modeli Rossiyaga promo-aksiya amalga oshirish uchun etkazib berildi, unga ko‘ra, Ravon avtomobilini xarid qilgan har bir inson General Mobile Android One telefonini sovg‘a sifatida oladi. Ushbu aksiya Ravon avtomobillarining Rossiyadagi savdosini rag‘batlashtirishga mo‘ljallangan. General Motors kompaniyasi joriy yilning oxiriga qadar yana 50 000 ta General Mobile Android One telefonini xarid qilishni rejalashtirgan, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

Artel savdo belgisi mobil telefonlarining tanlanishi tasodifan emas. Rossiyadagi yirik tadqiqot laboratoriyalaridan birida turli brendlar telefonlari texnik talablari qator sinovlardan o‘tkazildi. Bu sinovlar davomida General Mobile Android One telefoni Rossiya iste’molchilar bozori texnik talablariga mos kelishi tasdiqlandi va boshqa nomzodlar orasidan tanlab olindi.

Loyiha doirasida General Mobile Android One telefoni uchun maxsus ilova ishlab chiqildi, u haydovchining o‘z avtomobili bilan samarali “muloqoti”ni yo‘lga qo‘yishga mo‘ljallangan. Masalan, ilovada haydovchi uchun kerakli bo‘lgan barcha ma’lumot bo‘ladi, ular orasida Ravon servis markazlari manzillari va telefon raqamlari ham bor. Ilova shuningdek, haydovchini moyni o‘zgartirish kerakligi yoki texnik ko‘rikdan o‘tish muddati yaqinlashayotgani haqida ham xabardor etishi mumkin.

Ushbu loyiha tajribaviy bo‘lib, Rossiyada muvaffaqiyatli amalga oshsa, Ravon avtomobillari eksport qilinadigan boshqa mamlakatlar, jumladan, Qozog‘iston, Ukraina va Ozarboyjonda ham shunday taklif amalga tatbiq etilishi mumkin.

Bunday o‘zaro manfaatli hamkorlik har ikki eksportchi kompaniya uchun qiziqdir. Bundan tashqari, bunday turdagi loyihalar har ikki ishlab chiqaruvchi mahsulotini yanada ommalashtirish imkonini beradi. Bu esa O‘zbekiston eksport salohiyatiga ijobiy tarzda ta’sir ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Artel va General Motors hamkorlik haqida shartnoma imzoladi