08:05 / 11.04.2017
7 473

Jeep jahondagi eng baquvvat yo‘ltanlamas avtomobilni taqdim etmoqda

Jeep jahondagi eng baquvvat yo‘ltanlamas avtomobilni taqdim etmoqda
Avtomobil hajmi 6,2 litr, quvvati 707 ot kuchiga teng bo‘lgan, HEMI V8 benzinli dvigateli bilan ta’minlangan.

Jeep kompaniyasi Grand Cherokee seriyasidagi o‘ta baquvvat Trackhawk versiyasi haqidagi ma’lumotlarni oshkor etdi. Yangi avtomobilning omma oldidagi debyuti aprel oyida Nyu-Yorkdagi avtosalon chog‘ida bo‘lib o‘tadi, deyiladi kompaniya matbuot xizmati tarqatgan xabarda. Mashinalar sotuvchi esa shu yilning yozida boshlanadi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

Avtomobil 6,2 litr hajmli HEMI V8 benzinda ishlovchi dvigatel bilan ta’minlangan. Xuddi shunday agregat Dodge Charger SRT avtomobiliga ham o‘rnatilgan. Motorning quvvati 707 ot kuchiga va 880 Nm aylantiruvchi momentga teng bo‘lib, bu sifatlar mashinani jahondagi eng baquvvat mashinaga aylantiradi. Dvigatel sakkiz pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan hamohang ishlaydi. 100 km/soat tezlikka yo‘ltanlamas avtomobil 3,5 soniyada erishadi. Maksimal tezligi esa soatiga 300 km.ga etadi

Yangi mashina Grand Cherokee SRT dan o‘zgacharoq bamperi, ko‘rinishi o‘zgartirilgan radiator panjarasi va yangi optika bilan farq qiladi. Avtomobil Brembo yangi tormozlanish tizimi, Bilstein moslashuvchan amortizatorlar va 20 dyuymli g‘ildirak disklariga ega.

Shuningdek, yo‘ltanlamas mashina yirik bamperlar, spoyler va sportcha to‘rt patrubkali gazlarni chiqarish tizimi bilan ta’minlanmoqda. Salonga esa charm bilan qoplangan o‘rindiqlar, raqamli anjomlar paneli, shuningdek, Apple CarPlay va Android Auto’ni qo‘llovchi multimedia tizimi o‘rnatiladi.








arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Jeep jahondagi eng baquvvat yo‘ltanlamas avtomobilni taqdim etmoqda