23:06 / 12.04.2017
5 900

Dubayda dronlardan lisenziyasiz foydalanish taqiqlandi

Dubayda dronlardan lisenziyasiz foydalanish taqiqlandi
Dubay fuqarolik aviasiyasi boshqarmasi shaharda dronlarni uchirish uchun tegishli lizensiya bo‘lishi kerakligini majburiy shart qilib qo‘ydi. Bu haqda Arabian Business nashriga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.

Avvalroq dronlar bir necha marotaba Dubay xalqaro aeroporti ishining vaqtinchalik to‘xtashiga sabab bo‘lgandi.

1 may kunidan kuchga kiradigan yangi qoidalarga ko‘ra, dron xarid qilmoqchi bo‘lganlar fuqarolik aviasiyasi boshqarmasida lisenziya olishga ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

"Odamlar dronlarni Dubayning istalgan do‘konidan sotib olishlari mumkin, biroq ularda lisenziya bo‘lmaguncha, uni do‘kondan olib ketishlariga ruxsat bo‘lmaydi", deb aytdi boshqarma vakili Maykl Rudolf. "Xaridorlar ularning dronlarni boshqarish uquvini tekshiruvchi majburiy o‘quv dasturidan o‘tishlari kerak bo‘ladi", deb qo‘shimcha qildi Rudolf.

Ayni vaqtda BAAda mingga yaqin dron foydalanuvchisi qayd qilingan, ulardan 60 nafari tijoriy operatorlar hisoblanadi.

Rudolfning aytishicha, 2018 yil boshidan Dubayda barcha ro‘yxatdan o‘tgan dronlar faolligini real vaqtda kuzatadigan sky commander tizimi ishlay boshlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Dubayda dronlardan lisenziyasiz foydalanish taqiqlandi