00:04 / 14.04.2017
6 115

Avstraliya qamoqxonasida ikki metrli bangi ilon qayta tarbiylandi

Avstraliya qamoqxonasida ikki metrli bangi ilon qayta tarbiylandi
Avstraliyada ikki metrli bo‘g‘ma ilonni giyohvandlikka moyillikdan davolashdi, deb yozadi Daryo nashri.

Ilon metamfetamin tayyorlanadigan yashirin erosti laboratoriyasida yashagan. Kimyoviy bug‘lanish va havoga tarqalgan givohvand modda zarralari uni giyohvandga aylantirib qo‘ygan.

Polisiya laboratoriyani erni fosh qilgach, ilon huquq-tartibot xizmati xodimlari qo‘liga o‘tgan. Uni Sidneydagi ulkan qamoqxona kompleksidagi hayvonlar uchun mo‘ljallangan markazga yuborishgan.

Markaz xodimi Iena Mitchellning so‘zlariga ko‘ra, ilon avvaliga o‘zini notinch, tajovuzkor va tushunarsiz tutgan. Boshqa o‘zi kabi tinch va sekin harakat qiladigan turdoshlaridan farqli o‘laroq, bu ilon o‘zi joylashtirilgan konteynerda tinmay sudralgan.

Ilonga giyohvandlikka moyillikdan butunlay qutulish uchun etti oy kerak bo‘ldi. Hozirda unga yangi xo‘jayin qidirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Avstraliya qamoqxonasida ikki metrli bangi ilon qayta tarbiylandi