09:10 / 14.04.2017
6 367

Google uyga taom va xo‘jalik xizmatlarini buyurtirish bo‘yicha servisni ishga tushirdi

Google uyga taom va xo‘jalik xizmatlarini buyurtirish bo‘yicha servisni ishga tushirdi
Google’ning Hindistondagi bo‘linmasi Areo dasturini ishga tushirdi, uning yordamida foydalanuvchilar uyga taom etkazib berishni, o‘z-o‘zini parvarish qilish bo‘yicha xizmatlarni, shuningdek, uyni tozalash bo‘yicha mutaxassislar — elektrik, santexnik va farroshlar xizmatlarini buyurtirishi mumkin. Bu haqda TJournal'ga tayanib Daryo xabar berdi.

Servis mamlakatning faqat ikkita yirik shahri — Bangalor va Mumbayda mahalliy servislar asosida ishga tushdi. Kelajakda kompaniya dasturni boshqa shaharlar va hatto boshqa mamlakatlarga ham kengaytirishi mumkin.

Areo’da Google’ning o‘z to‘lov vositalari yo‘q, ular o‘rniga dastur mahalliy DirecPay servisidan foydalanadi. Shuningdek, dastur foydalanuvchilarga barcha kelishuvlarni dasturning ichida amalga oshirish imkonini beradi va ularni begona resurslarga yo‘naltirmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google uyga taom va xo‘jalik xizmatlarini buyurtirish bo‘yicha servisni ishga tushirdi