10:22 / 15.04.2017
6 573

Xitoyda nega 4 raqamidan qo‘rqishadi? Yoki Galaxy S8’ga «kushanda» tayyorlayotgan OnePlus

Xitoyda nega 4 raqamidan qo‘rqishadi? Yoki Galaxy S8’ga «kushanda» tayyorlayotgan OnePlus
14 aprel kuni Xitoy radioto‘lqinlar boshqarmasida ishchi nomi A5000 bo‘lgan yangi smartfon qayd etilgach, OnePlus kompaniyasi misolida xitoyliklar bilan birga, u erdagi yirik kompaniyalarning ham irimchi ekanligi ayon bo‘lmoqda. Gap shundaki, bu xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchisi OnePlus 3 modelini ham A5000 nomi bilan ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Aftidan, kompaniya tartibni buzib, 4 raqami ostida smartfon ishlab chiqarmaydi va keyingi «aqlli telefon» 5 raqami ostida taqdim qilinadi. Boisi, xitoyliklar 4 raqamidan juda qo‘rqishadi. Bu haqda Terabayt.uz sayti batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Samsung Galaxy S8’ning «kushandasi» sifatida smartfon bozoriga chiqadigan OnePlus 5 yoki ishchi nomi «A5000» bo‘lgan 5.5 dyuymli smartfonning ekran sig‘imi 2K, ya’ni 2560 x 1440 pikselga teng. Biroq, koreyalik gadjet bu borada ilg‘orroq, ya’ni Galaxy S8’ning Super AMOLED matrisali displeyining sig‘imi deyarli 3K, 2960x1440 pikselli.

OnePlus 5 dizayni bilan avvalgi safdoshlaridan tubdan farq qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniyaning «5» raqamli himoyachisi ekran romidan, shuningdek old paneldagi bosh tugmadan ham xoli bo‘ladi. Uning displeyi ham raqibiniki kabi, yon tomonga qayrilgan yassi dizaynda bo‘lishi kutilmoqda.

Smartfondagi samarali faoliyat uchun Qualcomm’ning eng so‘nggi, S8’da o‘rnatilgan Snapdragon 835 prosessori mas’ul bo‘ladi. Gadjetning operasion xotirasi 6 hamda 8 gigabaytli, doimiy xotira esa 128 hamda 256 gigabayt talqinlarda ishlab chiqariladi. 3T’da 6 GB tezkor xotira ekanini hisobga olsak, 8 GB ham kompaniya uchun muammo emas.

Hozircha OnePlus 5 uchun ikkita — 23 va 16 megapikselli sensorga buyurtma berilgan. Kompaniya akkumulyator sig‘imini 4000 mA soatgacha kengaytiradi. Ya’ni, so‘nggi OnePlus 3T «quvvat toshi»ning elektr toki sig‘imidan 20 foizga ko‘proq. OnePlus ushbu flagmanida IP68 standartiga ega — chang va suvdan qo‘rqmas korpus joriy qilishi kutilmoqda.

Narx masalasi yanada hayratlanarli. Raqobatchi kompaniyalar bunday texnik jihatlarga ega smartfonlari uchun o‘ylab o‘tirmasdan 1000 dollar so‘rayotgan bir paytda, kamtarin OnePlus A5000’ni 500 AQSh dollaridan yuqori narxlamasligi kutilmoqda.

Darvoqe, irimchi xitoyliklar, yaponiyalik va koreyaliklarning «4»dan qo‘rqishlari xususida shu ma’lumki, Xitoy tilida 4 raqami hamda «o‘lim» so‘zi bir xil, ya’ni «si» yoki «si-vang» deb talaffuz qilinadi. Shu bois, Xitoyda ko‘pchilik mehmonxonalarning 4-qavatida lift, shifoxonalarda 4-raqamli xona mavjud emas. Nokia kompaniyasi ham Singapur aholisi «4» raqamini yomon ko‘rgani uchun bu erda shu sonli birorta telefon modelini taqdim qilmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
sherzodbek
sherzodbek 25 октября 2021 19:42
Xasanboyev
Yangiliklar » Texno » Xitoyda nega 4 raqamidan qo‘rqishadi? Yoki Galaxy S8’ga «kushanda» tayyorlayotgan OnePlus