10:11 / 17.04.2017
5 320

Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoq orqali translyasiya qilingan qotillikni «mudhish jinoyat» deb atadi

Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoq orqali translyasiya qilingan qotillikni «mudhish jinoyat» deb atadi
Facebook kompaniyasi AQShda sodir etilgan va ushbu ijtimoiy tarmoq orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda translyasiya qilingan qotillikni «mudhish jinoyat» deb atadi. Bu haqda «TASS»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

«Biz Facebook’da xavfsiz muhitni ta’minlash ustida qattiq ishlamoqdamiz, jismoniy xavfsizlikka bevosita tahdidlar mavjud bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda huquq-tartibot organlari bilan aloqada bo‘lib turamiz», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Amerikaning Ogayo shtati Klivlend shahri polisiyasi Facebook orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya chog‘ida bir kishini qatl etgan erkakni qidirayotgani xabar berilgan edi.

Stiv Stivens ismli gumonlanuvchi 74 yoshli Robert Gudvinni o‘ldirgan. Ular o‘zaro tanish bo‘lmagan.

Qotillik aks etgan videoni Stivens o‘zining Facebook’dagi sahifasiga joylagan, ammo taxminan uch soatdan keyin uni olib tashlagan.

Erkak ijtimoiy tarmoq orqali «boshqa ko‘plab qotilliklarni ham amalga oshirgani»ni ma’lum qilgan, ammo huquq-tartibot organlari bu da’volarni tasdiqlay olmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoq orqali translyasiya qilingan qotillikni «mudhish jinoyat» deb atadi