23:09 / 11.06.2015
8 276

iPhone 7 smartfoni 27 sentyabrdan savdoga chiqadi

iPhone 7 smartfoni 27 sentyabrdan savdoga chiqadi

Apple’ning iPhone smartfoni yangi avlodi 27 sentyabrdan savdoga chiqariladi. Bu haqda «Mobinfo.uz»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Onliner’ning xabar berishicha, Vodafone’ning omma mulkiga aylangan maxfiy ma’lumotlarida Apple’ning 27 sentyabrdan savdoga chiqariladigan qurilmasining nomi qandayligi ko‘rsatilmagan.

Ma’lumot uchun, jamoatchilik Apple’ning yangi smartfoni yo iPhone 6s, yoki iPhone 7 deb nomlanishi mumkin, deb hisoblamoqda. Vodafone’ning hujjatlarida faqat «yangi iPhone» birikmasi uchraydi.

So‘nggi yillar an’anasiga ko‘ra, Apple aynan sentyabr oyida iPhone’ning yangi avlodi taqdimotini o‘tkazib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 7 smartfoni 27 sentyabrdan savdoga chiqadi