12:05 / 24.04.2017
7 391

Kompyuter va internet bilan bog‘liq 8 ta sir

Kompyuter va internet bilan bog‘liq 8 ta sir
Ko‘pincha kompyuterda kattagina matn terib bo‘lib, ekranga qaraganimizda, klaviaturadagi CapsLock tugmasi bosilib qolgan holda, uning bosh harflar bilan yozilib turganini ko‘ramiz. Bunday hollarda matningizni o‘chirib, barchasini qaytadan yozishga shoshilmang! Buning va shunga o‘xshash muammolarning echimi bor, deb yozadi «Sof.uz» nashri.

1. Tasodifan CapsLock bosilgan holda Word hujjatda kattagina matn yozib qo‘ygan bo‘lsangiz, uni belgilab, Shift+F3 ni bosing.

2. Agar siz brauzerdagi varaqa (vkladka)ni tasodifan yopib yuborgan bo‘lsangiz, Ctrl+Shift+T ni bosing.

3. Word dasturini tezkorlik bilan ishga tushirish uchun Win+R ni bosing va paydo bo‘lgan oynachaga winword so‘zini kiriting.

4. Ma’lum bir shahardagi mahalliy vaqtni Google’da «what time is it+shahar» yoki «time+shahar» so‘rovini berish orqali bilish mumkin.

5. Veb-sahifani PDF formatida saqlab olish mumkin. Buning uchun brauzerda Ctrl+P ni bosing va mavjud printerlar ro‘yxatidan «PDF sifatida saqlash» variantini tanlang.

6. Google qidiruv tizimida sizga kerak bo‘lgan kitobni kengaytirilgan qidiruv yordamida va zarur format (PDF, DOC, RTF, DjVu)ni ko‘rsatgan holda topishingiz mumkin.

7. Facebookdagi sahifangizni elektron pochta sifatida ishlatish mumkin. Buning uchun sozlamalarga kirib, pochta bildirishnomalarini olish opsiyasini belgilash va o‘z manzilingizni Facebook’ga «ulab» qo‘yish lozim.

8. Agar fikrlaringizni Twitter’da 140 ta belgiga sig‘dira olmayotgan bo‘lsangiz, Twishort, Twitlonger, Talltweets va boshqa servislardan foydalaning.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kompyuter va internet bilan bog‘liq 8 ta sir