22:41 / 24.04.2017
6 715

Inson 10 yildan so‘ng ovozsiz muloqot qila boshlaydi

Inson 10 yildan so‘ng ovozsiz muloqot qila boshlaydi
Amerikalik taniqli biznesmen Elon Mask mart oyida inson miyasini kompyuterga ulashni maqsad qilgan Neuralink kompaniyasiga asos solgan edi. Kompaniya 2021 yilga qadar ilk kiborg odamlarni yaratish tadorigini ko‘rmoqda.

Janob Maskning so‘zlariga ko‘ra, Neuralink birinchi galda mikron hajmidagi, ya’ni 0,001 mm kattalikdagi mitti devays yaratib, undan inson miyasidagi xastaliklar, jumladan insultlarni, falajlik, hattoki keksalik bois xotiraning yo‘qolishi bilan bog‘liq kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Kompaniyaga bu vazifani amalga oshirish uchun 4 yil kerak bo‘ladi.

Keyingi muhim vazifa — axborot texnologiyalari yordamida insonlarning miyalarini o‘zaro bog‘lash. Shunda bunday kiborg-odamlar ovoz chiqarmay, xat almashmasdan turib, suhbat qura oladilar, virtual tarzda to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘rnatadilar.

«Insonlar allaqachon raqamlashib bo‘lganlar. Endi biz bu jihatni yuqori tezlikda ma’lumot almashish imkoniyatini beruvchi texnologiyalar bilan boyitishimiz kerak. Bir vaqtlar insonlar imo-ishorada gaplashishgan, keyin ovoz chiqarib, endi esa yanada tezkor va qulay usulda neyro-texnologik to‘lqinlar yordamida tezkor fikr almashish davri kelmoqda», deydi kompaniya asoschisi.

Neuralink’dan so‘ng Facebook ham kelajakda insonning elektron qurilmalarning apparat va dasturiy ta’minot vositalarini miyasi yordamida boshqarish texnologiyasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, miyaga o‘rnatiladigan mitti implantatlar miya to‘qimalarida kechayotgan fikrlarni elektron gadjetlarga etkazadi, bu fikrlarni yozib olishi mumkin, shuningdek mitti qurilmalarning ba’zilari inson atrof muhitidagi ma’lumotlarni to‘playdi va to‘g‘ridan to‘g‘ri miyaga etkazadi. Natijada, eshitishda nuqsoni bor insonlar ham ovozlarni eshita boshlaydilar.

Har ikkala kompaniyaga bu texnologiyalarni rivojlantirish va joriy qilishga kamida 10 yil zarur. Biroq, Elon hamda Mark o‘z maqsadi yo‘lida harakat qiladigan, uzoq izlanishlardan so‘ng g‘oyalarini hayotda tatbiq etishga qodir liderlar ekanliklarini hisobga olsak, cho‘pchakka o‘xshab ko‘rinayotgan bu texnologiya kun kelib amalga oshadi.

Manba: www.terabayt.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Inson 10 yildan so‘ng ovozsiz muloqot qila boshlaydi