15:00 / 25.04.2017
5 371

Mutaxassis: “2 yildan so‘ng o‘zbek reklamasining 70 foizi internetga o‘tadi”

Mutaxassis: “2 yildan so‘ng o‘zbek reklamasining 70 foizi internetga o‘tadi”
Ledokol Group media agentligi tashkil topganiga 9 yil to‘ldi. Kompaniya asoschisi va rahbari Dilshod Muzaffarov Futura nashriga intervyu berdi. Unda u O‘zbekiston reklama bozorining rivoji haqida ma’lumot berdi deb yozadi Kun nashri.

Muzaffarovning so‘zlariga ko‘ra, dunyo bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalarga o‘tayotgani inobatga olinsa, vaqti kelib matbuot, tashqi reklama, televidenie kabi tushunchalar bo‘lmaydi. Yagona boshqariluvchi axborot maydoni tashkil etiladi. O‘zbekistonda esa ba’zi taxminlarga ko‘ra, 2 yildan keyinoq reklama beruvchilarning 70 foizi mablag‘larni internetga sarflaydi. “TV va digital integrasiyasi ortida – kelajak”, deydi u.

Shuningdek, uning qayd etishicha, televizor hali-hamon O‘zbekistonning aksariyat aholisini qamrab olgan. Ta’kidlanishicha, radio va bosma nashlarda bir kamchilik bor. Tomoshabin taklif etilayotgan mahsulotni tanlay olmaydi. Axborot asrida esa foydalanuvchi o‘zi xohlagan narsani ko‘rishni istaydi. G‘arb davlatlarida teleko‘rsatuvlarni erkin tanlov asosida ko‘rish mumkin. Bunday funksiyalar Smart-televizorlarda bor. Uning aytishicha, bizning televidenie 5-7 yil davomida talabga ko‘ra mahsulot shakliga o‘tadi.

O‘zbekistondagi reklama bozori esa taxminan 50 million AQSh dollarini tashkil etishi aytildi. Ularning atigi 3-5 foizi internetga to‘g‘ri keladi. Qayd etilishicha, bozor o‘smoqda, muvaffaqiyatli keyslar paydo bo‘layapti, internet foydalanuvchilar soni ham o‘sib bormoqda.

Muzaffarov uning rivojini ushlab turgan omillar haqida gapirar ekan, shunday dedi: “Yirik kompaniyalar-byudjetlar sohiblari juda konservativdir. Ular o‘z marketing natijalariga erishish uchun televideniedan foydalanishga ko‘nikib qolishgan. O‘zlari esa doimiy internet foydalanuvchidir. Soha rivojini ushlab turgan omillar orasida, shuningdek, internet tezligining pastligi va elektron tijorat bozorining endigina paydo bo‘layotgani ham bor. Sharoitlar qanchalik yaxshi bo‘lsa, bozor ham shunchalik tez rivojlanadi. Bozor hajmi haqida alohida gapirib o‘tish kerak. Ular qanchalik katta bo‘lsa, raqobat ham shunchalik ko‘p va reklamaga talab ham oshadi. Hozirda bizda bozor u qadar katta emas, yirik xalqaro kompaniyalarining vakolatxonalari kam, ular esa yirik reklama biznesi bo‘yicha shartnomalar bilan ta’minlay olishi mumkin. Bizning reklama bozorimiz pullar bo‘yicha aholisi 3 million kishini tashkil etuvchi Armaniston bozoriga teng. Bu esa juda qayg‘uli”.

Shuningdek, Dilshod Muzaffarovning so‘zlariga ko‘ra, ikki yildan beri Google’ga taklif yuboriladi, biroq ular hozircha bizning bozorda qiziqish ko‘rishayotgani yo‘q. “Bu ham pulga bog‘liq”, deydi Ledokol Group rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Mutaxassis: “2 yildan so‘ng o‘zbek reklamasining 70 foizi internetga o‘tadi”