KGI Securities tahlilchisi Min Chi Kuo keyingi avlod iPhone’larining Apple kompaniyasining aqlli soatlari bilan o‘xshashlik jihatlari ko‘p bo‘lishini bashorat qilmoqda, deb yozadi Kun.uz.
Eskpertning fikricha, joriy yilda chiqadigan iPhone 6s, soatlar singari, 7000 seriyasidagi alyuminiyli korpusga ega bo‘ladi. Yangi qotishmaning hamda Force Touch texnologiyasining qo‘llanishi apparatning 0,2 mm ga qalinlashishiga olib keladi, uning kengligi va uzunligi ham taxminan 0,15 mm gu oshadi. Eslatib o‘tamiz, iPhone 6ning qalinligi 6.9 mm, iPhone 6 Plus’ning qalinligi esa 7.1 mm dir.
Mutaxassisning so‘zlariga qaraganda, Force Touch texnologiyasining yangi smartfonga kiritilishi operasion dastur interfeysida ko‘plab o‘zgarishlar yasaydi. Bu funksiya Apple Watch soatlari hamda yangi MacBook noutbuklarida mavjud.
Yangi smartfon ranglarining variantlari ham bir qadar o‘zgaradi. Tillarang model sarg‘ishga yaqinlashadi, to‘q kulrang versiya esa (Space Gray) iPhone 6dagiga nisbatan ham to‘qroq bo‘ladi. Bundan tashqari, “pushti oltin” modifikasiyasi ham paydo bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?